Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
#Munosabat Inson qadrini ulug‘lash

9-May Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tumandagi sport maktabida o‘tkazilgan
kurash musobaqasi yuksak saviyada tashkil etildi. Musobaqada ishtirokchilar
o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, matonati va g‘alabaga bo‘lgan
intilishlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, yosh sportchilarning faol ishtiroki va
qiziqishi kurash sportiga bo‘lgan e’tibor tobora ortib borayotganini ko‘rsatdi.
 

Men, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati sifatida
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 9-May — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik
ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2026-yil 16-apreldagi
PQ-139-sonli qarorida qayd etilgan sport turlari bo‘yicha xotira turnirlari
hamda yugurish marafonlari yuqori saviyada o‘tkazilishi belgilanganligi
kelajakdagi yoshlarimizni milliy sport turlariga jalb etishga, sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilishga hamda sport orqali vatanparvarlik tuyg‘ularini
mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar belgilanganligini qo‘llab-quvvatlayman.
 

O‘razmetov Sultonnazir Sobirovich

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati