Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 27-“Gʻoziyog‘liq” saylov okrugi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Parpashabof” mahallasida navbatdagi sayyor qabul va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 27-“Gʻoziyog‘liq” saylov okrugi deputati Sh.Rasulova tomonidan “Parpashabof” mahallasida navbatdagi sayyor qabul va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, hududda mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Sayyor qabulda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar ham faol ishtirok etdilar.

Aholi tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifati, ko‘makka va e’tiborga muhtoj oilaning yashash sharoitlarini yahshilash, bandlik va ijtimoiy yordam masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini ham bildirdilar.

Deputat Sh.Rasulova tomonidan har bir murojaat alohida tartibda tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi. Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlarga yuborilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish, yoshlarni band qilish va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham fikr almashildi.

Fuqarolar tomonidan bunday uchrashuvlar muammolarni joyida hal qilish, aholi bilan yaqindan ishlash va mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1