Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot

Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot

📆 Tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan fuqarolar qabuli jadvaliga asosan "9-Jurjoniy" saylov okrugidan saylangan deputat Ismanov Jafar Xodjimuratovich tomonidan “Jurjoniy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🗂 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflar mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyida o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

📇 Jumladan, Zakariyo Roziy 1-tor 18-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Farida Tursunboyeva tibbiy muolajadan o‘tish masalasi yuzasidan murojaat qildi. Mazkur murojaat bo‘yicha 23-oilaviy poliklinika bosh shifokori Saodat Duxmuxamedova tomonidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-sonli “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

💊 Shuningdek, fuqaroning zarur tibbiy muolajalari davlat tomonidan bepul amalga oshirilishi, DMED tizimi orqali Toshkent shahar tez tibbiy yordam markaziga elektron yo‘llanma yuborilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

💼 Bundan tashqari, 2-tor Zamaxshariy 30-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Baxtiyor Rahmatov hududdagi oqova suv tizimi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildi. Mazkur masala yuzasidan tuman oqova suv korxonasi mutaxassisi tomonidan huquqiy tushuntirish berilib, murojaat tegishli tartibda qabul qilindi hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi bildirildi.

↗️ Shuningdek, 3-tor Zamaxshariy 12-uyda yashovchi fuqaro Dilshod Tolipov nogironlik aravachasi bilan ta’minlash masalasida murojaat qildi. Mazkur murojaat ham e’tibordan chetda qolmadi. Fuqaroning holati inobatga olinib, tuman Kengashi raisi Jafar Ismanov tomonidan unga homiylik asosida nogironlik aravachasi topshirildi.

🔼 Fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabul davomida aholining muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5