Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Otabek Jiyanboyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan Mirobod tumanidagi “Mirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida 7-“Mingo‘rik” saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, axborot berdi.

📝 Mazkur ochiq muloqotda partiya Toshkent shahar Kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashiga partiyadan saylangan deputatlar — Gulbahor Qulmatova, Gulchehra Rixsiyeva, Shaayyub Abdullayev, shuningdek, deputatga biriktirilgan mahallalar raislari hamda mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

📉 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, ilgari surilgan tashabbuslar va erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, chorak davomida 10 ta deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotlarga yuborilib, hududlarda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Shuningdek, 21 ta fuqarolik murojaati bo‘yicha mutasaddi idoralarga og‘zaki va yozma tartibda murojaatlar yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olinib, ijobiy yechim topilishiga erishildi.

💡 Bundan tashqari, 11 ta sayyor qabul tashkil etilib, 220 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlar davomida 200 ga yaqin murojaat va takliflar joyida o‘rganilib, ularning aksariyati yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

💼 Deputat o‘z faoliyati davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalari, tegishli doimiy komissiyalar majlislari, shuningdek, partiya deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda qonun hujjatlari ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surganini ta’kidladi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, taklif va mulohazalar ochiq muloqot ruhida muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. Ta’kidlanganidek, xalq ishonchini oqlash, murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish va hududlardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10