Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Sulaymonovaning “6-Qo‘rg‘oncha” saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi ko‘magida 2 nafar yoshlarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 150 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan hamda 1 nafar yoshlarga ta’lim olish uchun kontrakt to‘lovini bir qismini qoplab berilgan.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz hamda uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Uchrashuv yakunida hududning imkoniyatidan keng foydalangan holda, baliqchilikni yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 9