Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
24-tavsiya ijrosi yuzasidan sport maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qoziyeva Shoira tomonidan belgilangan 24-tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi sport maktabi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida sport maktabida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchi-yoshlarning sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarga jalb etilishi, murabbiylar faoliyati hamda moddiy-texnik baza holati tahlil qilindi. Shuningdek, sport zal va maydonchalarning holati, jihozlanishi hamda mashg‘ulotlar samaradorligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganib chiqildi. Mutasaddi mas’ullar bilan suhbat davomida mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Xususan, sport inventarlarining yangilanganligi, yoshlar qamrovini kengaytirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunida sport maktabi faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish hamda sportga jalb etish ko‘lamini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 1