Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
Tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

 Kun tartibiga Vobkent tumanida xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining va doimiy komissiyalar faoliyati shuningdek, deputat soʻrovlariga oʻz vaqtida javob berish holatlarini koʻrib chiqish va ular yuzasidan 2026 yil birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi masala atroflicha muhokama qilindi.

 Yigʻilishda xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova tomonidan olib borilgan ishlar axboroti berildi.

2026 yil birinchi chorak davomida xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qoʻyidagi ishlar amalga oshirilgan. Xususan: 

Sessiyalar yoʻnalishi boʻyicha jami 4 marotaba sessiyalar oʻtkazilib, unda 35 ta muhim masalalar keng muhokama qilingan. Shundan, mansabdor shaxs hisobotlari
boʻyicha 13 ta, axborotlarni eshitish boʻyicha 6 ta, muhokama etilgan masalalar boʻyicha 9 ta, nazorat tahlil tadbirlari boʻyicha 1 ta, hokim qarorlarini tasdiqlash 2 ta
va boshqa masalalar 4 tani tashkil qilmoqda. Ushbu oʻtkazilgan sessiyalar ommaviy axborot vositalarda 4 marotaba shundan, onlayn tarzda yoritilgan sessiyalar soni 4 marotabani tashkil etadi. Jamoatchilik muxokamasiga qoʻyilgan qaror loyihalari soni 3 ta, shundan yopiq joylashtirilgan qarorlar soni 2 ta, normativ-huquqiy tusdagi qarorlar soni 3 ta hisoblanadi.
 

Qonunlar muhokamasi yoʻnalishi boʻyicha tuman Kengashi tomonidan Senat yalpi majlisi kun tartiblariga kiritilgan qonunlar muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan muhokamalar soni 8 ta, muhokama qilingan qonunlar soni 8 ta, Qonun loyihalari boʻyicha bildirilgan takliflar soni 4 ta, yangi qabul qilingan qonunlar targʻiboti boʻyicha
qonunlar soni 8 ta hamda 8 ta targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan.
 

Xalq bilan muloqot hamda murojaatlar yoʻnalishi boʻyicha saylov okruglarida aholi bilan 83 marotaba uchrashuv oʻtkazilgan boʻlib, ushbu uchrashuvda jami 104 ta muammolar aniqlangan. Shundan, 104 tasi ijobiy hal etilgan. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jami 93 ta murojaat qabul qilinb, shundan, 79 ta
ijobiy hal etilgan va 14 tasiga tushuntirish berilgan.
 

Tuman Kengashining 2026 yil uchun ish rejasi, tumandagi mavjud muammolar, viloyat Kengashi va Oliy Majlis Senati tomonidan yuborilgan har bir topshiriqlar asosida doimiy komissiya yigʻilishlarida atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan. 

Ommaviy axborot vositalariga chiqish yoʻnalishi boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar tomonidan joriy yilning oʻtgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalarida jami 158 marotaba chiqish qilingan boʻlib, shundan, mahalliy bosma nashrlarda 2 ta, televidiniya 1 ta, radioda 1 ta, respublika miqyosida bosma nashrlarda 3 ta, radioda 1 ta shuningdek, internet saytlar orqali 13 ta va ijtimoiy tarmoqlarda 137 ta chiqishlar tashkil qilingan. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati tomonidan kotibiyat va deputatlar faoliyatini yoritib borish uchun telegram ijtimoiy tamogʻida “https://t.me/VobkentKengash
nomli rasmiy kanal tashkil qilingan.
 

Deputatlik soʻrovlari yoʻnalishi boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputatlar tomonidan 2025 yil mobaynida jami 29 ta deputatlik soʻrovlari yuborilgan boʻlib, tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan shundan 18 tasiga tushuntirish, 11 tasiga ijobiy javoblar qaytarilgan. 

Yigʼilishda doimiy komissiya aʼzolari Sh.Saidova, T.Joʻrayev, M.Xayrulloyevlar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Yigʼilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar
qabul qilindi.
  

Slide 1 of 7