Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"

Xalq deputatlari Tuproqqal`a tuman kengashi navbatdagi 23 sessiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi

yuzasidan Tuproqqal’a tumanida amalga oshirilayotgan ishlarini

o‘rganish natijasi to‘g‘risida Tuproqqal’a tumanida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.

Hisobot davrida:

yoshlar bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirildi;

“Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qo‘llab-quvvatlandi;

sport, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlarida turli loyihalar tashkil etildi;

yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar kuchaytirildi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida ayrim kamchilik va muammolar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, yoshlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganib, amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi.

Mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosi doimiy nazoratga olinadi.

Slide 1 of 2