Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan 3-Andijon saylov okrugiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

#Kengash_faoliyati #Andijon_shahar #deputat_faoliyati #D_Rahmatullayeva #24_tavsiya #KQ_35 

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Rahmatullayeva tomonidan 3-Andijon saylov okrugiga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrifdan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 14.01.2025-yildagi KQ-35-V-sonli qarorining ijrosi yuzasidan mahalla “yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning 2026-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlarini tahlil qilish hamda mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.

Jumladan, Andijon shahridagi “Sog‘lom Avlod” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish jarayonida mahalla yettiligi faoliyatida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar aniqlandi. Deputat tomonidan ushbu kamchiliklar yuzasidan asosli e’tirozlar bildirilib, xizmat vakolatlaridan kelib chiqqan holda aholi murojaatlarini tizimli va tezkor ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta’minlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston 20 yilligi” mahalla fuqarolar yig‘inida ham joriy yilning 1-choragi davomida aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar, hokim yordamchisi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hamda bandligi ta’minlangan yoshlar bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganilib, tahlil qilindi. Natijada, kelgusida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yoshlar bandligini ta’minlash borasida yanada samarali choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

O‘rganish ishlari yakunida mahalla hududida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki ko‘chalarni asfaltlash hamda boshqa ijtimoiy muammolar ko‘tarildi. Deputat ushbu murojaatlar asosida joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordi.

Hozirgi vaqtda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 6