Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

🏛 “Gulbog‘” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

✅Xalq bilan muloqot qilish va “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kunning asosiy talabidir. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov o‘ziga biriktirilgan “Gulbog‘” saylov okrugiga qarashli “Gulbog‘” mahallasida bo‘ldi.

✅ O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?

✅Tashrif davomida bosh mutaxassis mahalla yettiligining faoliyati, xususan:

✅ Aholi muammolari bilan ishlash tizimi;

✅ “Sayxunobod” va “Uychi” tajribalari asosida tomorqalardan unumli foydalanish;

✅ Bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari;

✅ Ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini saqlash kabi muhim masalalar bilan yaqindan tanishdi.

"Mahalla — islohotlarning ko‘zgusi. Har bir mas’ul o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi xonadoniga kirib, ularning dardini eshitishi va amaliy yordam berishi shart," — deya ta’kidladi B.Qurbonov.

✅ Natijalar va vazifalar

Muloqot davomida mahalla yettiligining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi murojaatlarini qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1