Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
Zominda uch mahalla qamrovida “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Zomin tumanida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi tadbir Jizzax viloyati hokimining 2026-yil 28-yanvardagi 01-12-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etildi.

Tadbirda Yuksalish harakati viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Muzaffar Mamatkulov, tuman Kengashi depuatlari O‘rol Akkulov, Muhammadi G'oibnazarov hamda tuman targ‘ibot guruhi rahbari Saodat Alimova ishtirok etdilar. Mazkur targ‘ibot tadbiri Zomin tumani “Xalqobod”, “Oqtepa” hamda “Sh.Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi ishtirokida yagona hududda umumlashgan tarzda o‘tkazildi. Bu esa targ‘ibot ishlarini yanada samarali tashkil etish, keng qamrovni ta’minlash hamda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga xizmat qildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “Jaholatga qarshi — ma’rifat” g‘oyasining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Xususan, dinning asl mohiyati insonparvarlik, ezgulik va tinchlik g‘oyalariga asoslanishi, diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat tamoyillarining jamiyat barqarorligidagi o‘rni haqida muhim fikrlar bildirildi. Shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash hamda oila muqaddasligini asrab-avaylash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tayyorlangan videorolik namoyish etilib, unda ilgari surilgan g‘oyalar vizual tarzda yanada mustahkamlandi. Bu esa ishtirokchilarda mavzuga nisbatan yanada chuqurroq tushuncha va tasavvur hosil qildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil, asosli va tushunarli javoblar berildi. Bu esa ochiq muloqot muhitini yaratish, aholi bilan samarali aloqani yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘ldi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri — uch mahalla aholisini birlashtirgan holda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichda tashkil etish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda fuqarolarning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 6