Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
#24_ta_masala ✨ Namuna mahallasida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan Namuna mahallasida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga xizmat ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lovlarni amalga oshirish ishlari tahlil qilindi.

Aniqlanishicha, ijtimoiy xodim Fayziyeva Dilrabo tomonidan mahallada 83 ta oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Bundan tashqari, 25 ta oila davlat ta’minotiga muhtoj sifatida ro‘yxatda turibdi. Shuningdek, 51 ta kam ta’minlangan oila aniqlanib, ularga muntazam ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasidagi faoliyat qoniqarli darajada tashkil etilgan.

Bu kabi o‘rganishlar joylarda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3