Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahallaning ichki yo‘llari holati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tomonidan kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva ishtirokida tumanning “Yoshlik” mahallasi saylovchilarining eng ko‘p e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ichki yo‘llar holati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida mahalla raisi Sh.Mirxaitov tomonidan:

     aholining asosiy qatnovi kuzatiladigan, temir yo‘l bekati joylashgan, yaqin atrofdagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘ini foydalanuvidagi qabristonga olib boruvchi Nizomiy ko‘chasining 1400 metr qismi;

     mahallada joylashgan Nuroniylar sanatoriysi hamda sayyohlar oqimiga ortishiga sababchi bo‘layotgan sharsharalarga olib boruvchi A.Yassaviy ko‘chasining 800 metri, Uzumzor mahallasining 900 metr, Beruniy ko‘chasining 900 metr, Amangeldi ko‘chasining 1200 metr qismlarini asfaltlashtirish bo‘yicha aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar bildirilayotganligini ma’lum qildi.

🔷Shu bilan birga, mahallaga biriktirilgan bankir tomonidan fuqarolarga ajratilayotgan kredit mablag‘lari hamda ulardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi hamda mahalla raisi bilan mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.

🔷Saylovchilarning qiynab kelayotgan muammolari yechimi yuzasidan mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 6