Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda navbatdagi sessiyaga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Prezident qarorlari ijrosi doirasida tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish hamda suv limitlarini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda xususiylashtiriladigan aktivlar va bo‘sh yer uchastkalarini aniqlab, ularni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 5