Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
#deputatlik faoliyati

#deputatlik faoliyati

#Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi,

 #Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari,
#Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash holati samaradorligi,

#Mahalla ichki ko'cha yo'llari holati, ko'chalarni tunda yoritilishi holati o'rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Sidikova va Sh.Eshov, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Shertoyevlar tomonidan "Sholikor" MFYda faoliyat olib borayotgan "mahalla yettiligi" hodimlari faoliyati hamda mahalla ichki ko'cha yo'llari holati, ko'chalarni tunda yoritilishi holati o'rganildi.

📖O‘rganish jarayonida har bir hodimning faoliyatiga alohida to'xtalib o'tildi:

📌Ijtimoiy hodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nafaqa va moddiy yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan individual ishlash, ularning muammolarini joyida hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

📌Hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ularni amaliy hal etish darajasi ham alohida ko‘rib chiqildi.

📌 Yoshlar yetakchisi faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniy tadbirlarga jalb etish, bandligini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ularni ta’mirlash zarurati va Ko‘chalarni tungi yoritish tizimi ham o‘rganilib, mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2