Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
“Lolazor” mahallasidagi muammolar deputatlar e’tiborida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️“Lolazor” mahallasidagi muammolar deputatlar e’tiborida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining aprel oyi uchun tasdiqlangan uchrashuvlar grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev hamda Mirobod tuman Kengashi deputati Gulchehra Rixsiyeva Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni o‘rganishdi.

👥 O‘rganish jarayonida deputatlarga tuman 2-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Po‘latov, mahalla raisi, profilaktika inspektori, qurilish kompaniyasi vakillari hamda mahalla faollari hamrohlik qilib, mavjud muammolar yuzasidan batafsil ma’lumot berishdi.

🏗 Xususan, hududda istiqomat qiluvchi fuqaro Kadriya Shukurova tomonidan mahalla binosi ortida joylashgan bolalar maydonchasining holatini yaxshilash, uni zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mavjud sharoitlar bolalar uchun yetarli emasligi qayd etilib, yangi, keng va qulay bolalar hamda sport (workout) maydonchalarini barpo etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

🏢 Shu bilan birga, mahalla binosining joriy holati va yangi bino qurilishi masalasi ham muhokama qilindi. Biroq aholi vakillari ustuvor yo‘nalish sifatida aynan bolalar va yoshlar uchun infratuzilmani rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratish lozimligini bildirishdi.

💡 Mahalla faollari tomonidan hudud xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash masalalari ham ko‘tarildi. Mazkur yo‘nalishda deputatlar tuman 2-sonli IIB rahbariyati bilan joyida muhokama o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda nazoratga olish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

📊 O‘rganish yakunida deputatlar ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini, muammolar bosqichma-bosqich hal etilishini ta’kidladilar.

🤝 Xulosa sifatida aytish joizki, deputatlarning joylarga chiqib, aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi hududlardagi muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirib, aholining ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10