Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan kichik dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

✅ Mazkur “Yo‘l xarita”ning 14-bandida nazarda tutilgan homilador ayollarni prenatal skriningdan o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida tuman Kengashi deputati Gulsara Rizayeva tashabbusi bilan amaliy ishlar olib borildi.

️Jumladan, bir guruh homilador ayollar bepul prenatal skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilib, ularga malakali tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan homiladorlik davrida sog‘liqni saqlash, to‘g‘ri ovqatlanish hamda profilaktik choralar yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

️Mazkur tadbirlar onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, homiladorlik davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni erta aniqlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4