Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Aholining tomorqadan foydalanish samaradorligi o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-son qaroriga asosan tumanning “Tovoqsoy” mahallasida aholi tomorqasida ochiq va yopiq usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Sadirov tomonidan hokim yordamchisi Sh.Shoraximov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ashurov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida mahallaning Markaziy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Botir Djanibekovning jami 0,08 gektar hajmdagi tomorqa yerida piyoz, sabzi, sarimsoqpiyoz, ko‘kat va boshqa ekinlar ekilganligi, kichik turdagi issiqxonada qulupnay, bodring, limon yetishtirilayotganligi, shuningdek, bodom, shaftoli, olma kabi mevali daraxt ko‘chatlarini payvandlash usuli orqali parvarishlash, tok ko‘chatlarining bir necha navlarini yetishtirish ishlari tashkillashtirilganligi aniqlandi. 

🔹Fuqaroning o‘z tomorqa yeridan samarali va unumli foydalanish tajribasini boshqa xonadonlarda ham tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5