Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
Samarqand shahar Kengashi deputati Sultonov Baxtiyor tomonidan “Faravonlik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi

O‘rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

— mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi;

— aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati;

— mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ularning jihozlanish darajasi;

— hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar;

— mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, ijtimoiy ehtiyojmand toifalarga xizmat ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordamlar ajratilishi;

— mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

— mahalladagi soliq inspektori tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati.

 O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

   Bu kabi o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1