Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
#Deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati A.Turdiyev, Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev hamda Yoshlar maslahati guruhi raisi I.Omanboyevlar #Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samara-dorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatini o'rganishdi.

Aholi farovonligi va yashash sharoitlari ko‘p jihatdan boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyatiga bog‘liq. Navbatdagi o‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylardagi bugungi holat ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish markazida quyidagi masalalar bo‘ldi:

Tozalik darajasi va ta’mirlanganlik holati;

Muhandislik tarmoqlarining (suv, oqova suv) sozligi;

Hududlar obodonlashtirilishi va chiqindilardan xoliligi;

Tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlovchi yoritish tizimlarining ishlashi.

Afsuski, ayrim hududlarda BSKlar tomonidan xizmat ko‘rsatish oqsayotgani, yerto‘lalarda namlik va yo‘laklarda yoritish muammolari borligi aniqlandi.

Slide 1 of 4