Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish yo‘lida muhim muloqot
янв.21
Yoshlar bilan manfaatli uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Chimbuloq mahallasida amaliy ishlar boshlandi
янв.21
Yo‘l infratuzilmasi — deputatlar nazoratida
янв.21
Dilkushod mahallasida amaliy ishlar boshlandi!!!!
янв.21
Aholi bandligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
“Nuroniyalar kuylaganda” milliy maqom tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Nuroniyalar kuylaganda” milliy maqom tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Joriy yilning 24-mart kuni Nurafshon shahar “Navro‘z” MFY hududida joylashgan “Nuroniy” maskanida keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish maqsadida “Nuroniylar kuylaganda” maqom tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

⚡️Mazkur tanlovni shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi — Nurafshon shahar Kengashi deputati J. Ahmedqulov ochib berdi. Unda mahallalardan tashrif buyurgan “Buvijonlar maktabi” a’zolari va faol keksa avlod vakillari ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar maqom va milliy yo‘nalishdagi qo‘shiqlar ijrochiligi bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon etib, milliy madaniyatimizning betakror jozibasini yana bir bor yoritib berishdi.

🏆 Tanlov yakunida “Oppoq” MFY faol nuroniysi Mirsalixov Mirahmad g‘olib deb topildi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Slide 1 of 3