Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Deputat nazorati

 Deputatlik nazorati aholi manfaatini ta’minlashda muhim omil 

 Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashiga “Quyun”
okrugidan saylangan deputat Abbos Mirzavaliev tomonidan tuman Kengashi mutasaddilari
bilan hamkorlikda Olmaliq–Quyun mahallasi yo‘nalishidagi jamoat transporti xizmati
holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati o‘tkazildi.
 

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmati sifatini oshirishga qaratilgan bir qator muhim jihatlar tahlil
qilindi. Jumladan, jamoat transportining muntazam harakatlanishi, yo‘nalishdagi
avtobus bekatlarining holati, shuningdek, chiptalarni olish jarayonining qulayligi
atroflicha ko‘rib chiqildi.
 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur yo‘nalishda aholiga jamoat transporti xizmati “Mustang” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan
amalga oshirilib, tasdiqlangan jadval asosida 20 ta “damas” rusumli avtomashinalar
qatnovni ta’minlab kelmoqda. Umuman olganda, transport vositalarining muntazam harakati
ta’minlanayotgani qayd etildi.
 

Shu bilan birga, yo‘nalishdagi avtobus bekatlaridan biri ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani aniqlandi. Bu holat aholiga
noqulaylik tug‘dirayotganini inobatga olgan holda, deputat Abbos Mirzavaliev tashabbusi
bilan mazkur bekat o‘rnida yangi, zamonaviy bekat qurish ishlari boshlab yuborildi.
 

Ayni paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Yangi bekat foydalanishga topshirilgandan so‘ng, yo‘lovchilar uchun
yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratilishi kutilmoqda.
 

Mazkur deputatlik nazorati aholining kundalik hayotida muhim o‘rin tutgan jamoat transporti xizmatini yaxshilashga qaratilgan
amaliy ishlardan biri bo‘ldi. Eng muhimi, bunday tashabbuslar orqali fuqarolarning
murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganilib, muammolarga yechim topilmoqda..
  

Slide 1 of 3