Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Yo‘l muammosi deputat nazoratida: amaliy choralar ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati S.Djumanova tomonidan Navbahor MFY hududida joylashgan Qo‘shbegi ko‘chasidagi yo‘l holati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mazkur ko‘chaning yo‘li ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani, bu esa aholiga qator noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlandi. Yo‘lning nosoz holati transport harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, piyodalar uchun ham qiyinchiliklar yuzaga keltirayotgani qayd etildi. Ayniqsa, yomg‘irli ob-havo sharoitida ushbu ko‘chada harakatlanish yanada murakkablashishi ta’kidlandi. 

 Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tuman obodonlashtirish bo‘limiga deputatlik so‘rovi chiqarildi. Unda Qo‘shbegi ko‘chasidagi yo‘lni ta’mirlash, uning sifatini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari ko‘tarildi.

 Deputat tomonidan infratuzilmani yaxshilash, aholi murojaatini o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1