Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
Ishtixon tumanida byudjet daromadlari va soliq tushumlari ijrosi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O.Usmonovning 2025-yilda byudjet daromadlari ijrosi, mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi hamda qo‘shimcha manbalarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2025-yil uchun belgilangan 164,6 mlrd so‘mlik mahalliy byudjet rejasi amalda 175,4 mlrd so‘mga bajarilib, 106 foiz natija ta’minlangan. Natijada yillik reja 10,6 mlrd so‘mga ortig‘i bilan bajarilgan.

Xususan, 4-chorakda ham yuqori natijalar qayd etilib, 50 mlrd so‘mlik reja 55,1 mlrd so‘mga bajarilib, 110 foizni tashkil etgan.

Soliq turlari kesimida ham barqaror o‘sish kuzatilgan. Jumladan:

jismoniy shaxslar yer solig‘i 124,2 foizga,

mol-mulk solig‘i 116 foizga,

yuridik shaxslar yer solig‘i 126 foizga,

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq esa 335 foizga bajarilgan.

Soliq bazasini kengaytirish yo‘nalishida 2025-yil davomida 267 ta yangi kichik biznes subyekti hamda 786 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, 18 ming 623 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi ta’minlangan.

Soliq qarzdorligini kamaytirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilib, 119,7 mlrd so‘mlik talabnomalar yuborilib, 110 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilgan.

Shu bilan birga, 3,5 mlrd so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha mol-mulklar xatlangan, 1,6 mlrd so‘mlik qarzdorlik Majburiy ijro byurosi orqali undirib olingan.

Sessiyada soliq tushumlarini yanada oshirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va soliq intizomini mustahkamlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 3