Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
янв.21
Korruptsiyadan holi hudud
#faoliyat #muhokama

Olmaliq shahar Kengashi deputatlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, qonunchilik bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish maqsadida navbatdagi muhokama bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor deputatlarning qonun ijodkorligi va hududiy muammolarni hal etishdagi mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

📜Qonun ustuvorligi — faoliyat asosi

Muhokama markazida 96 ta amaldagi qonunlar va deputatlar faoliyatiga daxldor bo‘lgan 24 ta yo‘nalish turdi. Shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha deputatlarga quyidagi tavsiyalar berildi:

Qonunlar ijrosi: Har bir deputat o‘ziga biriktirilgan qonunlar doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazishi va ijrosini nazorat qilishi;

Hududiy faoliyat: Saylovchilar bilan ishlashda tizimli yondashuvni shakllantirish va muammolarni huquqiy doirada hal etish;

Tushuntirish ishlari: Yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga sodda tilda yetkazish.

⚙️ Muvofiqlashtirish va tizimli yondashuv

Kengash raisi tomonidan Kotibiyat xodimlari zimmasiga ham aniq vazifalar yuklatildi. Xususan, Sevar Qodirova, Mukarram Nematullayeva va Muhriddin Begmatovlarga:

🔹Deputatlar faoliyatini muntazam ravishda muvofiqlashtirib borish;

🔹Saylov okruglaridagi ishlarni tizimli tashkil qilishda uslubiy yordam ko‘rsatish;

🔹Deputatlik nazorati va so‘rovlarining natijadorligini tahlil qilib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

"Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik. Bizning har bir harakatimiz qonun doirasida va xalq manfaati uchun xizmat qilishi shart," — deya ta’kidlandi yig‘ilishda.

Ushbu o‘quv-uslubiy muloqot deputatlarning o‘z saylov okruglarida yanada faol va natijador ishlashlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 7