Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
Mirobod tumani prokurori va deputatning birgalikdagi qabuli

Mirobod tumani prokurori B.Abdullayev va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati M.Masharipovning birgalikdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

“Temiryo‘lchilar” MFY binosida Mirobod tumani prokurori B.Abdullayev va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati M.Masharipov tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan fuqarolar qabulida mahallada yashovchi fuqarolarning huquqiy yordam, qonun ustuvorligiga oid masalalar, shuningdek, ijtimoiy sohadagim-tibbiy yordam, kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, moddiy yordam hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 

Qabul davomida fuqarolarning huquqiy yordam, qonun ustuvorligi va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga oid masalalari bo‘yicha tushuntirish berildi. Ijtimoiy soha yo‘nalishidagi tibbiy yordam, kasbga o‘qitish, moddiy yordam masalalari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar prokuror va deputat nazoratiga olinib, mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 9