Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning "Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV qaroriga asosan Nurota tuman Kengashi deputati Yakubov Akram Soliyevich Mustaqillik MFYda uchrashuv bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashi deputati, A.Yakubov, "Mustaqillik" MFYda mahalla raisi M.Habibov, xotin qizlar faoli D.Roziqova, yoshlar etakchisi B.Amonov, hokim yordamchisi F.Sadullayevlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda quyida masalalar bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. Mahallada aholi muammolarini samarali hal etish, ma’naviy muhitni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bilim ko‘nikmalarni egallashda ularga ko‘maklashish, Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo'yicha fikr-mulohazalar olib borildi. 

Slide 1 of 4