Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bo‘lgan
ayollarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar uchun zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.