🗓 Joriy hafta davomida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlarining deputatlik okruglari hududlarida kompleks faoliyati amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
👥 Deputatlar tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar o‘tkazish bilan bir qatorda, o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha joylarda o‘rganishlar olib boriladi.
📍 Xususan, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholi murojaatlari, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari atroflicha tahlil qilinadi.
🛠 O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinadi.
📺📰 Mazkur jarayonlar ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radio hamda bosma nashrlarda keng yoritib boriladi.
📌 Haftalik faoliyat belgilangan jadval asosida izchil amalga oshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)