Yangiliklar

Jalaquduqda yo`l yoqasi infratuzilmasi rivojlanmoqda: yangi savdo shaxobchalari va ish o`rinlari yaratiladi

 Jalaquduq tumanining 2026-yil uchun belgilangan drayver loyihalari doirasida Qilichmozor va Tuyalas MFYlari hududidan o`tgan “Andijon–Xonobod” avtomobil yo`li yoqasida qator bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, 500 metr uzunlikdagi zovurlarda yopiq drenaj tizimini barpo etib, yo`l yoqasiga tadbirkorlar tomonidan 20 ta savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalarini qurish orqali yangi ish o`rinlari yaratish rejalashtirilgan. Mazkur ishlar jarayoni xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Xayitoxunov va kotibiyat mudiri I.Jo`raev tomonidan joyiga chiqqan holda o`rganildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar va quruvchi ustalar bilan muloqot qilinib, amalga oshirilayotgan ishlar sifati, erishilayotgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Bu kabi loyihalar hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi bandligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 5