Yangiliklar

Deputat mahallada

 Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati N.Abdumuminova ishtirokida Abdullabiy mahalla fuqarolar
yig`inida yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faolining ish faoliyati o`rganildi. Jumladan, yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli to`garaklar va tadbirlarga jalb etish,
huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko`rib chiqildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari” orqali yoshlarni qo`llab-quvvatlash ishlari yo`lga qo`yilgani ta`kidlandi. Xotin-qizlar faoli tomonidan esa
xotin-qizlarning bandligini ta`minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, oilalardagi ma`naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar o`rganildi. “Ayollar daftari” orqali ehtiyojmand xotin-qizlar bilan
manzilli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko`rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 3