Yig‘ilish kun tartibida (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8460) asosiy masala — xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar oldida axborot berib borish holati atroflicha tahlil qilindi.
💬Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim saylov okruglarida deputatlar tomonidan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va hisobotlar yuzaki xarakterga ega bo‘lib, aholining keng qatlami jalb etilmayotganligi tanqid qilindi.
💬Yig‘ilishda so‘zga chiqqan deputatlar o‘z okruglarida saylovchilar bilan muloqot qilishning yangi usullari, uchrashuvlarni tashkil etishdagi qiyinchiliklar va aholi tomonidan ko‘tarilayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
🔅Yig‘ilish so‘ngida kotibiyat mudiri A.Ashurov deputat xalq vakili ekanligini, shuning uchun har bir qilingan ish yoki yechimini kutayotgan muammo yuzasidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish shartligini alohida ta’kidladi.
🫥Maqsad — deputat va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash hamda mahalla dardi bilan yashashni kundalik qoidaga aylantirish!