Tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib borildi
✅Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamda tuman Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi va uning tizimlarida keng qamrovli o‘rganishlar olib borildi.
🔵O‘rganish davomida ishchi guruh 3 guruhga bo'lindi, Jumladan birinchi guruh tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan choralar atroflicha tahlil qilindi.
⌨️Shuningdek, muassasalarda navbatlarni boshqarish tizimi, xususan, elektron navbat tizimining ishlash holati hamda unda “tanish-bilishchilik” omilining mavjud yoki mavjud emasligi alohida o‘rganildi.
📱O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.
(https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)