Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
“Yashil makon” loyihasi ijrosi nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni, shuningdek Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-17-101-11-168-K/25-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov boshchiligida tashkil etilib, unda Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi oʻrinbosari M.Abdurahmonova va komissiya a’zolari hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirok etdi.

Nazorat tadbiri davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shaharda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i N. G‘ulomov tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2026-yil bahor mavsumi uchun reja 96,5 ming tup ko‘chat ekishni tashkil etadi. Bugungi kunga qadar “Yashilmakon.есо” platformasiga kiritilgan ko‘rsatkich 132,3 ming tupni tashkil etib, bu rejaning 137 foizga bajarilganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ekologiya inspektorlari tomonidan tasdiqlangan ko‘rsatkich 105,6 ming tup bo‘lib, bu 109 foizni tashkil etadi.

O‘rganishlar jarayonida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Xususan, qarorga muvofiq “Yashil makon” hududlari uchun ajratilgan yer maydonlarini tayyorlash hamda sug‘orish tizimini tashkil etish ishlari ayrim joylarda to‘liq yakuniga yetkazilmagani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida shahar hokimi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar doimiy nazoratda bo‘lib, hududni yanada obodonlashtirish, ekologik holatni yaxshilash borasidagi ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 7