Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Uzun tumanida kutubxonalar holati deputatlar e’tiborida

Uzun tumanida kutubxonalar holati deputatlar e’tiborida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida o'rganish o'tkazib, tumandagi kutubxonalar faoliyati va ularning bugungi holatini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi. Ushbu o‘rganishlar davomida asosiy e’tibor kitobxonlik darajasini oshirish, moddiy-texnik baza va kitob fondining boyitilishiga qaratildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra quyidagi asosiy jihatlar tahlil qilindi:

 O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari

Kitob fondining holati: Kutubxonalardagi mavjud badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlarining soni hamda yangilanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

Binolarning holati: Mutasaddilar kutubxona binolarining isitish tizimi, yoritilishi va kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklarni tekshirishdi.

Aholi qamrovi: Mahalla yoshlari va aholining kutubxonaga tashrif buyurish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Kutubxonalar shunchaki kitob saqlash joyi emas, balki ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘iga aylanishi lozim. Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi.