Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
Yangikent mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalalari o‘rganildi

Zarbdor tuman hokimi B.Tashpulatov, tuman IIB boshlig‘i E.Axmedov hamda 14-Yangikent okrugidan saylangan deputat F.Sarimsoqovlar "Yangikent" mahallasida joylashgan ichimlik suvi inshooti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish jarayonida ichimlik suvi inshootida elektr energiyasi bilan bog‘liq mavjud muammolar ko‘zdan kechirilib, ushbu masalalar suv ta’minotiga ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Mutasaddi tashkilotlarga elektr ta’minotini barqarorlashtirish, nosozliklarni bartaraf etish va aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur chora-tadbirlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, muhim infratuzilma obyektlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3