Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Huquqiy maslahat olish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligini oshirish Kotibiyatning doimiy e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tumani Kengashida ochiq muloqot va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
янв.21
Ijtimoiy himoya masalalari deputat e’tiborida!!!
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Dilkushod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar nazoratda
янв.21
Bayram oldidan bozorlarda narx-navo va savdo sharoitlari o‘rganildi
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq — yangi orzular sari muhim qadam
янв.21
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
Dehqonobod tumanida yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi targ‘iboti

 Dehqonobod tumanida yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi targ‘iboti 

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Zebiniso Salimova, Xalk deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Xo‘jamqulov va tuman Kengashi deputatlari tomonidan Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini binosida, Dehqonobod tuman kasb-hunar markazida va tumandagi 97-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "O‘zbekiston - 2030"strategiyasi loyihasinig jamoatchilik muhokamasi yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi raisi Zebiniso Salimova tomonidan yangilanayotgan "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi bo‘yicha hamda o‘tgan yillarda davlatimizda amalga oshirilgan islohotlar, barcha sohalarda erishilgan natijalar to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish,yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish,qishloq xo‘jaligi,sanoat,sun’iy intellekt,ta’lim,sport, tibbiyot sohalarini rivojlantirish, mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirish, mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomada bildirilgan fikrlar yuzasidan suhbatlashildi. 

Yig‘ilish ishtirokchilarga WWW.UZBEKISTAN2030.UZ platformasida takliflar berishlari mumkinligi tushuntirildi.  

Slide 1 of 10