Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktabrdagi 186-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar, F.Ibragimov, M.Erxo‘jayev, X.Arabbayev, S.Axmedova, A.Baxramovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.