Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
DEPUTATLIK_SO‘ROVI_NATIJALARI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan umumta’lim maktablari binolari yaqinidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, xususan, o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida avtomobillar tezligini pasaytiruvchi moslamalar (sun’iy notekisliklar) o‘rnatish yuzasidan Oltinsoy tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ergashov Begzod Mengboevich nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi

Mazkur deputatlik so‘rovi asosida mutaxassislar tomonidan joylarda tegishli o‘rganish va tahlillar olib borildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, umumta’lim maktablari hududlari yaqinidagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini oshirish maqsadida avtomobillar tezligini sekinlashtiruvchi moslamalar o‘rnatildi

Ushbu chora-tadbirlar yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 3