Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Avlodlar uzviyligi — taraqqiyot poydevori: nuroniylar bilan uchrashuv davom etdi
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining haftalik ish rejasiga ko‘ra Kengashning ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bozorlar deputatlar nazoratida: narx-navoning barqarorligi o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI-XALQ XIZMATIDA
янв.21
Ta’lim maskanidagi qurilish ishlari deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv-— kelajak egalariga e’tibor markazida
янв.21
Orday mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi uchun moʻljallangan ISH REJASI
янв.21
Deputat va yoshlar
Deputatlar fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Deputatlar fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Viloyat Kengashi deputati B. G‘afforov, tuman Kengashi deputati G. Shafoatova hamda Yangi hayot MFY yettiligi hamkorligida “Ma’rifat” ko‘chasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – fuqarolarning kundalik hayotdagi muammolari va takliflarini bevosita o‘rganish, joylardagi mavjud kamchiliklarga deputatlik nazoratini o‘rnatishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputatlar va mahalla faollari uyma-uy yurib, har bir xonadonda bo‘lib, aholining turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar turlicha bo‘lib, ular orasida:

ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar,

elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi muammolar,

ko‘chalar va yo‘laklarning ta’mirtalab holati,

tungi yoritgichlar yetishmasligi,

hudud obodonchiligi, chiqindi tozalash,

yoshlarni band qilish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish,

ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish masalalari alohida qayd etildi.

Deputatlar murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ayrim muammolar bo‘yicha joyida tushuntirish va ko‘rsatmalar berdilar. Shu bilan birga, masalalarni hal etishda mas’ul tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida deputatlar tomonidan barcha murojaatlar ro‘yxatga olinib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi. Bu jarayon muntazam ravishda kuzatib borilishi, fuqarolarga qilingan yordam va amalga oshirilayotgan ishlardan muntazam xabardor etib borilishi ta’kidlandi.

Mahalla aholisi bunday uchrashuvlar orqali o‘z muammolarini bevosita deputatlarga yetkazish imkoniyati yaratilayotganini, bu esa muammolarning tezroq hal bo‘lishiga xizmat qilishini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Slide 1 of 5