Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
joylarda amaliy nazorat — aholiga sifatli tibbiy xizmat yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputat tomonidan Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatlari o‘rganildi.
янв.21
Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Sh. Dosova Gulshan mahallasida “yettilik” bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Yulduzoy Toshpulatova hamda Chanashik MFY raisi Saida Nazarova bugun Chanashik mahallasidagi Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va sohadagi mavjud muammolar bilan tanishdilar.
янв.21
XIVA TUMAN SHOMOXULUM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish — muhim vazifa

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi Tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan hamshiralar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida tibbiyot muassasasida bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, xodimlarning bemorlar bilan muomala madaniyati, xizmat ko‘rsatish jarayonida mas’uliyat va e’tiborni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida deputat tomonidan hamshiralarga bemorlarga nisbatan e’tiborli va xushmuomala munosabatda bo‘lish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, tibbiy xizmat ko‘rsatishda sifat va samaradorlikni oshirish, shuningdek, kasbiy faoliyatda tibbiy etika hamda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–186-son qarori mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur qaror asosida bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash, malakali tibbiy xizmat ko‘lamini kengaytirish, aholi, ayniqsa, oilalar o‘rtasida tibbiy madaniyat va profilaktika ishlarini kuchaytirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Bu borada tibbiyot xodimlari, jumladan, hamshiralarning mas’uliyati va faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Bugungi kunda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, avvalo, tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, bemorlarga bo‘lgan munosabati hamda xizmat madaniyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, hamshiralar tomonidan bemorlarga ko‘rsatiladigan birlamchi e’tibor va muomala ularning ruhiy holati hamda davolanish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi alohida qayd etildi.

Shu bilan birga, inson salomatligi va hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu sharafli kasb egalaridan doimo mas’uliyat, sabr-toqat, mehr-oqibat va fidoyilik talab etilishi ta’kidlandi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahardagi tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, bemorlar uchun qulay va samimiy muhit yaratish hamda tibbiyot xodimlari faoliyatida xizmat madaniyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Aholi salomatligini asrash, ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari doimo e’tibor markazida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3