Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
joylarda amaliy nazorat — aholiga sifatli tibbiy xizmat yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputat tomonidan Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatlari o‘rganildi.
янв.21
Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Sh. Dosova Gulshan mahallasida “yettilik” bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Yulduzoy Toshpulatova hamda Chanashik MFY raisi Saida Nazarova bugun Chanashik mahallasidagi Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va sohadagi mavjud muammolar bilan tanishdilar.
янв.21
XIVA TUMAN SHOMOXULUM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
“Yoqutli bog‘”mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

“Yoqutli bog‘”mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

     Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Xamdamova "Yoqutli bog‘" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aholi bilan ishlash mexanizmlari, murojaatlarni qabul qilish tartibi, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

     Uchrashuv davomida ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalla yettiligi a’zolarining ish jarayonida uchrayotgan muammolari tinglandi. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi murojaatlariga tezkor va natijador yechim berish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

     Shuningdek, ijtimoiy reeystrga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha tushunchalar berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

Slide 1 of 3