Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
joylarda amaliy nazorat — aholiga sifatli tibbiy xizmat yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputat tomonidan Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatlari o‘rganildi.
янв.21
Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Sh. Dosova Gulshan mahallasida “yettilik” bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Yulduzoy Toshpulatova hamda Chanashik MFY raisi Saida Nazarova bugun Chanashik mahallasidagi Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va sohadagi mavjud muammolar bilan tanishdilar.
янв.21
XIVA TUMAN SHOMOXULUM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
Deputat nazoratida: Bahor MFYda ko‘cha muammosi o‘rganildi.

🚧 Deputat nazoratida: Bahor MFYda ko‘cha muammosi o‘rganildi.

Guliston shahridagi “Bahor” MFY hududida ichki ko‘cha yo‘llari holati bo'yicha 19-saylov okrugi deputati Yu.Usmanova tomonidan mahallani ichki ko'chalarini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallaning Qahramon ko‘chasida ichimlik suvi quvurlari yorilgani sababli ko‘cha yo‘llarini suv bosgani aniqlandi. Mazkur holat aholi harakatlanishida qiyinchilik tug‘dirib, yo‘l infratuzilmasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Aniqlangan muammo yuzasidan mas’ul tashkilotlarga nosoz ichimlik suvi tarmog‘ini tezkor ta’mirlash, ko‘chadagi suvni chiqarish hamda yo‘l qoplamasini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish yuzasidan tegishli murojaat va nazorat ishlari olib borilmoqda.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olingan bo‘lib, muammo to‘liq bartaraf etilgunga qadar nazorat davom etadi. 

Slide 1 of 1