Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
joylarda amaliy nazorat — aholiga sifatli tibbiy xizmat yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputat tomonidan Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatlari o‘rganildi.
янв.21
Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Sh. Dosova Gulshan mahallasida “yettilik” bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Yulduzoy Toshpulatova hamda Chanashik MFY raisi Saida Nazarova bugun Chanashik mahallasidagi Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va sohadagi mavjud muammolar bilan tanishdilar.
янв.21
XIVA TUMAN SHOMOXULUM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi 1-Feruz saylov o‘krugi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna Ayollar o‘rtasida erta turmushni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Bog‘izag‘on mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro J. Obloqulovaning murojaati yuzasidan Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 15-Bog‘izag‘on saylov okrugidan saylangan deputat B. Xamrayev murojaatchining yashash manziliga bordi.

Murojaatda fuqaroning yashash xonadoni orqa qismida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasida tungi vaqtlarda yuzaga kelayotgan shovqin sababli xotirjam dam olish imkoniyati cheklanayotgani bayon etilgan.

Mazkur holat joyiga chiqib o‘rganildi. Texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, mas’ul shaxslarga amaldagi tartib-qoidalarga rioya etish hamda fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Natijada murojaatda ko‘tarilgan masala joyida ijobiy hal etildi.
t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 1