Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
joylarda amaliy nazorat — aholiga sifatli tibbiy xizmat yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputat tomonidan Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holatlari o‘rganildi.
янв.21
Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Sh. Dosova Gulshan mahallasida “yettilik” bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Yulduzoy Toshpulatova hamda Chanashik MFY raisi Saida Nazarova bugun Chanashik mahallasidagi Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat va sohadagi mavjud muammolar bilan tanishdilar.
янв.21
XIVA TUMAN SHOMOXULUM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna tomonidan Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Tozaurug‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida “Mahallamdagi muammolarga yechim – mening tashabbusim” va "Deputat mahallada" loyihalari doirasida mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, hududni obodonlashtirish hamda bandlikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

Deputat mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini alohida e’tirof etib, joylarda aholining muammolarini tizimli o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan aniq taklif va tashabbuslarni ilgari surish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish jarayonida hududlardan kelib tushayotgan taklif va mulohazalarning ahamiyati yuqori ekanini qayd etdi.

Slide 1 of 1