Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi 1-Feruz saylov o‘krugi deputati Qodirova Sarvinoz Ikromovna Ayollar o‘rtasida erta turmushni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xiva tuman partiya Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati F.Yusupov maxalla faollari bilan "Xorazm suv taminoti" AJ Xiva tuman boʻlimiga qarashli Chinobod maxallasida joylashgan "Chinobod" suv taxsimlash inshoatida jamoatchilik nazorati oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.
янв.21
Xalq deputatlari Xiva tumani Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
DEPUTATLAR MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI
янв.21
O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi deputati Y.Toshpo‘latova Xiva tumani Chanashik mahallasidagi oilaviy shifoxonada tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.
Tomorqadan samarali foydalanish-farovonlik va barqaror daromad manbai.

 Yurtimizda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mahallalarda tadbirkorlik muhitini kengaytirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada tomorqa yerlaridan samarali foydalanish masalasi alohida e’tibor markazida turibdi.

Shu maqsadda xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi 5-“Avulmat” saylov okrugi deputati Raximov Xusanboy Maripovich Avulmat hamda Yoshlik mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holatini o‘rgandi hamda mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mavjud ichki imkoniyatlar, foydalanilmayotgan yer maydonlari, suv ta’minoti, issiqxona tashkil etish, ko‘chat ekish va takroriy ekinlarni joylashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Deputat tomonidan tomorqachilikni rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, xonadonlarda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ortiqcha mahsulotni bozorga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Mahalla yettiligi bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi kelishib olindi.

Jumladan:

  • tomorqalardan samarali foydalanmayotgan xonadonlar bilan manzilli ishlash;
  • issiqxona va intensiv bog‘ tashkil etishga ko‘maklashish;
  • urug‘ va ko‘chat bilan ta’minlash masalasini hal etish;
  • aholiga agrotexnik maslahatlar berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Deputat mahallaning ichki imkoniyatlarini o‘rganar ekan, hududda mehnatkash va tashabbuskor aholi salohiyati yuqori ekanini alohida ta’kidladi. Ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanish orqali mahallada bandlikni ta’minlash va oilalar daromadini sezilarli oshirish mumkinligi qayd etildi. Tomorqadan samarali foydalanish – bu nafaqat qo‘shimcha daromad manbai, balki har bir xonadon farovonligi, mahalla taraqqiyoti va yurt ravnaqi yo‘lidagi muhim qadamdir.

Slide 1 of 4