Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Tomorqa daromad va go‘zallik manbayi

 Bugun tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabat g‘oyat jiddiylashgan. Ozgina e’tiborsizlik tabiatga kattagina zarar keltirsa, bu jarayon jamiyatga ham yaxshigina salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, aholi o‘rtasida sohaga doir qonunlar targ‘ibotini kuchaytirish, yurtdoshlarimizning ekologik madaniyatini oshirish muhim vazifadir.

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari bu borada muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan tomorqalardan foydalanishda mutlaqo yangi munosabatlar joriy etilganligi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib
bormoqdalar.

Bugun shahrimizdagi “Gulshan” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar atroflarini ko‘kalamzorlashtirish, kichik tomorqa yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotganligini kuzatish mumkin.

Bahor nafasi barq urgan ayni kunlarda shahrimiz jozibadorligini yanada oshirish uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish va tomorqadan unumli foydalanish muhim omil ekanligi yuzasidan ko‘p qavatli uylar mulkdorlari
o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Slide 1 of 1