Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
📌 CHINOZDA BARQAROR ISH O‘RINLARINI YARATISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI




Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-sentabrdagi PF-193-son Farmoni ijrosi doirasida tumanda barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida shtab tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda bandlikni ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
📊 Shuningdek, har bir ehtiyojmand oila va ishsiz fuqaro bilan manzilli ishlash, ularni ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi muhokama qilindi.
🤝 Kengash raisi tomonidan shtab faoliyatining samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

Slide 1 of 1