Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
📌 Yoshlar maslahat guruhi: sessiya masalalari muhokama qilindi

📌 Yoshlar maslahat guruhi: sessiya masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarga oid hujjatlar bilan tanishdilar.
Muhokamalar davomida taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli takliflar ilgari surildi. Yoshlarning taklif va tashabbuslarini inobatga olish, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta o‘rganish hamda qarorlar qabul qilish jarayonida yoshlar manfaatlarini aks ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayon yoshlarning mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va Kengash faoliyatida jamoatchilik fikrini inobatga olishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1