Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
GULSHAN-2 MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
XIVA SHAHRIDA YANGI LOYIHA VA DASTURLAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
QONUNLAR IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA TEGISHLI TASHKILOTLARDAN AXBOROTLAR TALAB QILINDI
янв.21
MAHALLALARDA 24 TA MUHIM MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
SHAHARDA DASTURLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLALARDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH VA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH MASALALARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
🏫 MAKTABLARDA TA’LIM SIFATI VA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan Sherobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

👥 Ishchi guruhi tomonidan belgilangan vazifalar doirasida ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

🏫 O‘rganishlarning navbatdagi manzili 15-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ishchi guruhi maktabga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida maktab derektori O'.Qarshiyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va o‘quvchilarning davomatini ta’minlash, maktab hududini obodonlashtirish, mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktabda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish ishlari davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 7